BOLALARDA NUTQ RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI BIOLOGIK, IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK OMILLARNING O‘RNI
Abstract
Mazkur maqolada bolalarda nutq rivojlanishiga ta’sir etuvchi biologik, ijtimoiy va psixologik omillarning ahamiyati hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilingan. Nutqning to‘laqonli shakllanishi markaziy nerv tizimining yetukligi, irsiy omillar, eshitish analizatori faoliyati kabi biologik omillar bilan bir qatorda, oilaviy muhit, ta’lim-tarbiya sharoiti, muloqot sifati va ijtimoiy muhit ta’sirida kechishi yoritilgan. Shuningdek, bolaning emotsional holati, psixik rivojlanish darajasi, motivatsiyasi va psixologik farovonligining nutq rivojlanishidagi o‘rni ilmiy manbalar asosida bayon etilgan. Tadqiqot natijalari biologik, ijtimoiy va psixologik omillarning uyg‘unligi bolalarda nutqning normal rivojlanishini ta’minlashini, ushbu omillardan birortasidagi salbiy o‘zgarish esa nutq rivojlanishida turli buzilishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishini ko‘rsatadi. Maqolada bolalarda nutq rivojlanishini erta baholash, xavf omillarini aniqlash hamda kompleks profilaktik va korreksion yondashuvlarni qo‘llashning ahamiyati asoslab berilgan.