KIYIMDA UCHRAYDIGAN NUQSONLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH TEXNOLOGIYALARI

Authors

  • Gʻofurova Dilfuza Xoshimovna Author

Keywords:

kiyim, nuqson, tikuv buyumlari, gazlama, bichish, tikish texnologiyasi, sifat nazorati, konstruksiya, pardozlash, yengil sanoat.

Abstract

Yengil sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan tikuv buyumlarining sifati korxonaning iqtisodiy samaradorligi va iste’molchilar talabini qondirishda muhim omil hisoblanadi. Kiyim sifatini belgilovchi asosiy mezonlardan biri unda nuqsonlarning mavjud yoki mavjud emasligidir. Mazkur maqolada kiyim ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida uchraydigan nuqsonlar, ularning kelib chiqish sabablari, mahsulot sifatiga ta’siri hamda nuqsonlarni bartaraf etish va oldini olishning zamonaviy texnologiyalari yoritilgan. Gazlama sifati, konstruksiyalash, bichish, tikish, namlab-isitib ishlov berish, pardozlash va yakuniy sifat nazorati jarayonlarida uchraydigan kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirilgan uskunalar va sifat menejmenti tizimining tikuvchilik sanoatidagi ahamiyati keng yoritilgan.

Author Biography

  • Gʻofurova Dilfuza Xoshimovna

    Oltinkoʻl tuman 1-son texnikumi
    Maxsus fan oʻqituvchisi

References

Published

2026-06-30