CHORVACHILIK XO‘JALIKLARIDA INTENSIV ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHNING SAMARADORLIGI
Keywords:
intensiv chorvachilik, zamonaviy texnologiyalar, avtomatlashtirish, raqamli chorvachilik, oziqlantirish, mahsuldorlik, sun’iy urug‘lantirish, seleksiya, veterinariya, mikroiqlim, sut ishlab chiqarish, iqtisodiy samaradorlik.Abstract
Mazkur maqolada intensiv chorvachilik xo‘jaliklarida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Chorvachilik tarmog‘ida raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirilgan oziqlantirish tizimlari, sog‘ishni boshqarish uskunalari, seleksiya va sun’iy urug‘lantirish texnologiyalari, veterinariya nazorati hamda mikroiqlimni boshqarish tizimlarining qo‘llanilishi natijasida mahsuldorlikni oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, ozuqa bazasini mustahkamlash, hayvonlarning genetik salohiyatidan samarali foydalanish, zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirishning asosiy yo‘nalishlari tahlil etilgan. Maqolada intensiv chorvachilikni rivojlantirish orqali sut va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, eksport salohiyatini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.