TIJORAT BANKLARIDA KREDIT TA'MINOTINI BAHOLASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
tijorat banklari, kredit, kredit ta'minoti, garov, kredit riski, garov qiymati, baholash, bank krediti, risklarni boshqarish, raqamli texnologiyalar.Abstract
Mazkur maqolada tijorat banklarida kredit ta'minotini baholash amaliyotining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Kredit ta'minotining bank faoliyatidagi ahamiyati, kredit risklarini kamaytirishdagi o‘rni hamda garov obyektlarini baholashning amaldagi tartiblari o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda kredit ta'minotini baholash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va mavjud muammolar tahlil qilinib, ushbu jarayonni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Maqolada zamonaviy baholash usullarini joriy etish, raqamli texnologiyalardan foydalanish, mustaqil baholovchilar faoliyatini rivojlantirish hamda kredit ta'minotini boshqarish tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.