TIL O‘RGANISH ORQALI YOSHLARNING BANDLIK IMKONIYATLARINI OSHIRISH
Abstract
Ushbu maqolada globallashuv va raqamli iqtisodiyot davrida xorijiy tillarni bilishning yoshlar bandligini ta’minlash hamda ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Zamonaviy mehnat bozorining talablari, til ko‘nikmalarining daromad miqdori va karyera o‘sishiga ta’siri statistik ma’lumotlar hamda xalqaro tajribalar asosida yoritilgan. Shuningdek, maqolada yoshlar o‘rtasida ishsizlik muammosini hal etishda til o‘rganishning o‘rni va bu borada davlat hamda xususiy sektor tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, taklif va tavsiyalar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: yoshlar bandligi, xorijiy tillar, mehnat bozori, raqobatbardoshlik, globallashuv, frilans (freelance), yumshoq ko‘nikmalar (soft skills), investitsiya, xalqaro kompaniyalar.