LAQAB VA TAXALLUSLARNING BADIIY MATNDAGI OʻRNI

Authors

  • Mirzaaxmatov Maxmud Raxmatulla o‘g‘li Author

Keywords:

onomastika, antroponim, laqab, taxallus, antropoetonim, badiiy matn, lingvopoetika, lingvopragmatika, ekspressivlik, qahramon xarakteri.

Abstract

Mazkur maqolada badiiy matnda laqab va taxalluslarning lingvopoetik hamda lingvopragmatik xususiyatlari tahlil qilingan. Laqab va taxalluslarning badiiy asarda qahramon xarakterini ochish, individual xususiyatlarini ifodalash, muallifning estetik-badiiy niyatini yuzaga chiqarish, milliy koloritni yaratish hamda matnning ta'sirchanligini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. O‘zbek adabiyoti namunalari va xalq og‘zaki ijodi materiallari asosida laqab va taxalluslarning qo‘llanish usullari, poetik vazifalari hamda onomastik birlik sifatidagi o‘ziga xos jihatlari tahlil etilgan. Tadqiqot natijasida laqab va taxalluslar badiiy matnning semantik yaxlitligini ta'minlovchi, intertekstuallikni kuchaytiruvchi va qahramon obrazini individuallashtiruvchi muhim lingvopoetik vositalardan biri ekanligi asoslab berilgan.

Author Biography

  • Mirzaaxmatov Maxmud Raxmatulla o‘g‘li

    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi.
    Samarqand, Oʻzbekiston
    mirzaahmatovmahmud@gmail.com

References

Published

2026-06-27