RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SUNIY INTELLEKT ASOSIDAGI YANGI AVLOD MIKROBIZNES MODELLARI VA ULARNING ISTIQBOLLARI
Keywords:
Raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, mikrobiznes, biznes modellari, avtomatlashtirish, startap, optimallashtirish, innovatsiyalar, raqamli transformatsiya.Abstract
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi sharoitida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalariga asoslangan yangi avlod mikrobiznes modellarining shakllanishi, o‘ziga xos xususiyatlari va kelgusi istiqbollari ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Bugungi kunda kichik tadbirkorlik subyektlari va mikrobiznes tarmoqlari global raqobatbardoshlikni oshirish uchun an’anaviy boshqaruv usullaridan voz kechib, SI algoritmlari, katta ma’lumotlar (Big Data) tahlili va avtomatlashtirilgan servis xizmatlariga tayanmoqda. Maqolada mikrobiznesda SI qo‘llanilishining asosiy yo‘nalishlari, resurslarni optimallashtirish, mijozlarga yo‘naltirilganlik darajasi hamda O‘zbekiston iqtisodiyotida ushbu modellarni joriy etish imkoniyatlari tahlil qilingan