KOMPLEKS SONLAR NAZARIYASIDA MATRESHKA METODI

Authors

  • Bekmurodova Manzura Bahodir qizi Author

Keywords:

nazariy mexanika, zarraning bir o‘lchamli tebranma harakati, kompleks sonlar, kompleks sondan kvadrat ildiz chiqarish, interfaol metodlar,

Abstract

Mazkur maqolada nazariy mexanika kursining “Zarraning bir o‘lchamli tebranma harakat tenglamalari” mavzusini o‘zlashtirishda talabalarning duch keladigan qiyinchiliklari tahlil qilingan. Ushbu qiyinchiliklarning asosiy sabablaridan biri sifatida fizika fanini o‘rganishda matematik tushunchalar, xususan kompleks sonlar nazariyasiga tayangan holda ishlash zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. Muammoni bartaraf etishda interfaol ta’lim metodlaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Xususan, kompleks sondan kvadrat ildiz chiqarish mavzusini o‘qitishda “matreshka” metodini qo‘llash talabalarning mavzuni chuqurroq anglashiga va o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan

Author Biography

  • Bekmurodova Manzura Bahodir qizi

      Buxdu geliofizika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektronika kafedrasi o’qituvchisi.

     

References

Published

2026-06-27