BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING PEDAGOGIK ARTISTIZMINI BAHOLASHNING MEZONLARI, INDIKATORLARI VA DIAGNOSTIK VOSITALARI
Keywords:
Pedagogik artistizm, bo‘lajak pedagoglar, baholash mezonlari, indikatorlar tizimi, diagnostik vositalar, kasbiy kompetensiya, pedagogik faoliyat samaradorligi.Abstract
Mazkur tadqiqot bo‘lajak pedagoglarning pedagogik artistizmini aniqlash va baholashning ilmiy-nazariy asoslari, mezonlari, indikatorlari hamda diagnostik vositalarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda pedagogik artistizm o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasining muhim tarkibiy qismi sifatida talqin etilib, uning ta’lim jarayonidagi kommunikativ, emotsional, ijodiy va refleksiv faoliyat samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Pedagogik artistizmni baholash uchun motivatsion-qadriyatli, kognitiv, kommunikativ, emotsional-ekspressiv hamda amaliy-faoliyat mezonlari asosida indikatorlar tizimi shakllantirilgan. Shuningdek, mazkur sifatni diagnostika qilishda pedagogik kuzatuv, diagnostik testlar, so‘rovnomalar, ekspert baholashi, o‘z-o‘zini baholash, refleksiv tahlil va amaliy topshiriqlarning imkoniyatlari ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari bo‘lajak pedagoglarda pedagogik artistizmni rivojlantirish, ularning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish hamda pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish uchun metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.