RAQAMLI EKOLOGIK MONITORING TIZIMLARINI YARATISHDA GIS TEXNOLOGIYALARINING ROLI

Authors

  • Nematov Anvar Nusratovich Author

Keywords:

GIS, raqamli ekologik monitoring, masofadan kuzatish, fon monitoring stansiyalari, ekologik baholash, raqamlashtirish, sun'iy intellekt.

Abstract

Maqolada geografik axborot tizimlari (GIS) texnologiyalarining raqamli ekologik monitoring tizimlarini yaratish va rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan. Xalqaro ilmiy adabiyotlar, shuningdek O'zbekiston Respublikasining ekologiya va raqamlashtirish sohasidagi rasmiy hujjatlari va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining amaliy natijalari asosida GIS va masofadan kuzatish (remote sensing) texnologiyalarining ekologik baholash, fon monitoringi va boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi imkoniyatlari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, O'zbekistonda raqamli ekologik xizmatlar tizimining joriy etilishi (eco-service.uz) murojaatlar sonini bir necha barobar oshirgan, xarajatlarni 10 martaga kamaytirgan va xizmat muddatini 5 martaga qisqartirgan. Shu bilan birga, milliy miqyosda yagona GIS platformasini yaratish jarayoni davom etmoqda. Maqola yakunida raqamli ekologik monitoring tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

Author Biography

  • Nematov Anvar Nusratovich

    Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti Ekologiya va geografiya kafedrasi katta o’qituvchisi

References

Published

2026-06-27