ALISHER NAVOIY IJODINI O‘RGANISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
Alisher Navoiy, sun’iy intellekt, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), raqamli gumanitar fanlar, eski o‘zbek tili, semantik tahlil, kompyuter lingvistikasi, g‘azal janri.Abstract
Ushbu maqolada buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy merosini o‘rganish va tahlil qilishda zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan, sun’iy intellekt (SI) va tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) modellarini qo‘llash imkoniyatlari tadqiq etiladi. Navoiy asarlarining tili, g‘oyaviy olami va janrlar xilma-xilligi raqamli gumanitar fanlar (Digital Humanities) doirasida tahlil qilinib, eski o‘zbek tili (chig‘atoy tili) matnlarini avtomatik transkripsiya qilish, lug‘at boyligini semantik tahlil qilish va g‘azallar g‘oyasini aniqlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada Navoiy ijodini o‘qitishda SI asosidagi interaktiv tizimlarni joriy etish strategiyalari taklif etilgan.
References
Downloads
Published
2026-06-27
Issue
Section
Articles