SUD HOKIMIYATINING MUSTAQILLIGI VA UNI TA’MINLASH MEXANIZMLARI
Keywords:
sud hokimiyati, sud mustaqilligi, sudya daxlsizligi, odil sudlov, qonun ustuvorligi, inson huquqlari, sud islohoti, sud tizimi, demokratik davlat, konstitutsiyaviy prinsip.Abstract
Mazkur maqolada sud hokimiyatining mustaqilligi huquqiy davlatning ajralmas belgisi sifatida ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlovchi konstitutsiyaviy asoslar, sudyalarning daxlsizligi, odil sudlovni amalga oshirish prinsiplari, sud hokimiyatining boshqa davlat hokimiyati tarmoqlari bilan o‘zaro munosabatlari hamda sud tizimini takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy islohotlarning mazmuni yoritilgan. Shuningdek, sudlarning moddiy va tashkiliy mustaqilligini ta’minlash, sudyalarni tanlash va tayinlash tartibini takomillashtirish, sud faoliyatiga noqonuniy aralashuvning oldini olish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va xalqaro tajribani milliy amaliyotga tatbiq etish masalalari tahlil etilgan. Tadqiqot natijasida sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash qonun ustuvorligi va inson huquqlarini ishonchli himoya qilishning asosiy sharti ekanligi asoslab berilgan.