HUDUDIY TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHNING BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHGA TA’SIRI
Keywords:
turizm infratuzilmasi, bandlik, kambag‘allikni qisqartirish, turizm multiplikatori, hududiy iqtisodiyot, investitsiya, davlat-xususiy sheriklik, barqaror rivojlanish.Abstract
Maqolada hududiy turizm infratuzilmasini rivojlantirishning aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqotda turizm xarajatlarining iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvosita va keltirib chiqaruvchi (induktiv) ta’siri hamda turizm multiplikatori mexanizmi ko‘rib chiqilib, ikki tahliliy jadval va ikki grafik orqali izohlanadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, yo‘l, mehmonxona, kommunal va raqamli infratuzilmaga kiritilgan investitsiyalar nafaqat turizm sohasida, balki qurilish, qishloq xo‘jaligi, savdo va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida ham qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratadi. O‘zbekiston misolida turizmning jadal o‘sishi (2024-yilda 8 mln sayyoh, 3,52 mlrd dollar eksport, 51 ming yangi ish o‘rni) bandlik va aholi farovonligining yaxshilanishi bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Maqolada infratuzilma taqchilligini bartaraf etishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.