METABOLIK SINDROM VA BRONXIAL ASTMA KASALLIGINING BIRGALIKDA KECHISHI
Keywords:
metabolik sindrom, bronxial astma, semizlik, insulin rezistentlik, yallig‘lanish, metforminAbstract
Ushbu maqolada metabolik sindrom (MetS) va bronxial astma (BA) kasalliklarining birgalikda kechishi muammosi yoritilgan. Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan ushbu ikki patologiyaning o‘zaro bog‘liqligi so‘nggi yillarda ko‘plab ilmiy tadqiqotlarning mavzusi bo‘lib kelmoqda. Maqolada metabolik sindrom va bronxial astma o‘rtasidagi epidemiologik aloqadorlik, birgalikda kechishining patogenetik mexanizmlari, kasallikning klinik kechish xususiyatlari va terapevtik yondashuvlar bo‘yicha zamonaviy adabiyotlar tahlil qilingan. Xususan, semizlik, insulin rezistentlik, dislipidemiya va giperglikemiyaning astma kechishiga ta’siri, shuningdek, ushbu birgalikdagi patologiyani davolashda metformin va boshqa dorivor vositalarning samaradorligi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.