BRONXIAL ASTMA VA QANDLI DIABETNING BIRGALIKDA KECHISHI

Authors

  • Boboqulov Mirvohid Author

Keywords:

bronxial astma, qandli diabet, giperglikemiya, insulin rezistentlik, metformin, yalligʻlanish.

Abstract

Ushbu maqolada bronxial astma (BA) va qandli diabet (QD) kasalliklarining birgalikda kechishi muammosi zamonaviy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Soʻnggi yillarda oʻtkazilgan koʻplab tadqiqotlar ushbu ikki patologiya oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik mavjudligini koʻrsatmoqda. Maqolada kasalliklarning epidemiologik aloqadorligi, birgalikda kechishining patogenetik mexanizmlari, klinik kechish xususiyatlari va terapevtik yondashuvlar yoritilgan. Xususan, giperglikemiyaning astma kechishiga taʼsiri, qandli diabetning oʻpka funksiyasiga salbiy taʼsiri, shuningdek, metformin va boshqa antidiabetik preparatlarning astma natijalariga potensial ijobiy taʼsiri haqidagi maʼlumotlar keltirilgan.

Author Biography

  • Boboqulov Mirvohid

    Buxoro davlat tibbiyot instituti, Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi assistenti

    e-mail: boboqulov.mirvohid@bsmi.uz

    Orcid:https://orcid.org/0009-0007-4540-6193

References

Published

2026-06-27