SEMAVIK (SEMAGLUTID) PREPARATINING FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI, TA'SIR MEXANIZMLARI VA KLINIK QO'LLANILISHI

Authors

  • ZOKIROVA GULYORA MARUFALIYEVNA Author

Keywords:

semaglutide, Semavik, GLP-1 receptor agonists, type 2 diabetes, obesity, cardiovascular risk.

Abstract

Kirish: 2-toifa diabet (DM2) va semizlik global epidemiya darajasiga yetgan bo‘lib, samarali va xavfsiz davolash vositalariga ehtiyoj kundan-kunga ortmoqda. GLP-1 retseptorlari agonistlari (GLP-1 RA) ushbu kasalliklarni davolashda inqilobiy yutuq bo‘ldi. Maqsad: Ushbu sharhning maqsadi Semavik (semaqlutid) preparatining farmakokinetik va farmakodinamik xususiyatlari, ta'sir mexanizmlari, klinik samaradorligi va xavfsizligi to‘g‘risidagi zamonaviy ilmiy adabiyotlarni tizimli tahlil qilishdir. Metodlar: Tadqiqotda 2018–2026 yillar oralig‘ida PubMed, Scopus, Web of Science va Google Scholar bazalarida indekslangan klinik tadqiqotlar, metaanalizlar va tizimli sharhlar tahlil qilindi. Asosiy e'tibor STEP dasturi natijalariga qaratildi. Natijalar: Semaqlutid tabiiy GLP-1 gormonining 94% o‘xshash sintetik analogi bo‘lib, albumin bilan bog‘lanishi va DPP-4 fermentiga chidamliligi tufayli yarim yemirilish davri taxminan 1 haftani tashkil etadi (haftada 1 marta yuborish imkoniyati). Preparat glyukoza bog‘liq insulin sekretsiyasini kuchaytiradi, glyukagon ajralishini kamaytiradi, me'da bo‘shalishini sekinlashtiradi va markaziy ishtahani bostiradi. STEP tadqiqotlarida semaqlutid (2.4 mg/hafta) tana vaznini 9.6–17.4% ga kamaytirgan (plaseboda – 2.4–6.4%), qon bosimi va lipid profilini yaxshilagan. Yurak-qon tomir xavfi 26% ga kamaygan. Xulosa: Semavik DM2 va semizlikni kompleks davolashda, shuningdek, yurak-qon tomir asoratlarini oldini olishda samarali va xavfsiz vosita hisoblanadi. Kelajakda uning neyroprotektiv va onkologik ta'sirlari bo‘yicha qo‘shimcha tadqiqotlar talab etiladi.

References

Published

2026-06-26