YOSHLAR TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA BANK VA MOLIYA INSTITUTLARINING ROLI
Keywords:
yoshlar tadbirkorligi, bank tizimi, moliya institutlari, tijorat banklari, mikrokredit, investitsiya, startap, grant, subsidiyalar, biznes loyihalar, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, innovatsion faoliyat.Abstract
Mazkur maqolada yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishda bank va moliya institutlarining o‘rni hamda ahamiyati tahlil qilingan. Yoshlarning biznes faoliyatini boshlashi va rivojlantirishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarni shakllantirishda tijorat banklari, mikromoliyalash tashkilotlari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy institutlarning faoliyati yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari, imtiyozli kreditlash tizimi, grantlar va subsidiyalarning amaliy ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot davomida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishning iqtisodiy samaradorligi, yangi ish o‘rinlarini yaratishdagi o‘rni hamda mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga qo‘shayotgan hissasi tahlil etilgan. Maqolada yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini yanada rag‘batlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.