ZAMONAVIY TIBBIYOTDA KAMQONLIKNI ERTA ANIQLASH VA DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKASI
Keywords:
Kamqonlik, differensial diagnostika, erta aniqlash, zamonaviy tibbiy texnologiyalar, laboratoriya tekshiruvlari, temir tanqisligi, megaloblastik anemiya, gematologik tahlil.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy tibbiyotda kamqonlik (anemiya)ni erta aniqlash va uning differensial diagnostikasi muammolari tahlil qilinadi. Kamqonlik bugungi kunda aholining turli qatlamlari orasida keng tarqalgan bo‘lib, uning turli etiologik shakllarini o‘z vaqtida aniqlash va farqlash sog‘liqni saqlash tizimining muhim vazifalaridan biridir. Maqolada laborator diagnostikaning zamonaviy usullari, shu jumladan, gematologik analizatorlar yordamida qizil qon hujayralari morfologiyasini o‘rganish, temir moddasi almashinuvi ko‘rsatkichlari, B12 vitamini va foliy kislotasi darajasini aniqlash kabi metodlar yoritiladi. Shuningdek, turli xil kamqonlik shakllarining klinik ko‘rinishlari va ularni farqlash mezonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — kamqonlikni erta bosqichda aniqlash orqali bemorlarda og‘ir asoratlarning oldini olishga yo‘naltirilgan samarali diagnostik yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat. Maqola tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar hamda tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan.