MATEMATIKA DARSLARIDA VIZUALIZATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI

Authors

  • Hamrayeva Dilyanora Xayrimlayevna Author
  • Adilova Dilorom Nurillayevna Author

Keywords:

matematika ta’limi, vizualizatsiya, tasavvur qilish, matematik tafakkur, pedagogik texnologiya, grafik, sxema, chizma, masala yechish, interaktiv metod.

Abstract

Mazkur maqolada matematika darslarida vizualizatsiya texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik ahamiyati, o‘quvchilarning matematik masalalarni tushunish, tahlil qilish va yechish jarayonida tasavvur qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Matematika fani ko‘pincha mavhum tushunchalar, formulalar, belgilar va mantiqiy bog‘lanishlarga asoslanganligi sababli o‘quvchilarda uni qabul qilishda muayyan qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ayniqsa, masala shartini anglash, undagi ma’lumotlar o‘rtasidagi munosabatni ko‘rish, yechim yo‘lini oldindan tasavvur qilish ko‘nikmalari yetarli shakllanmagan o‘quvchilarda matematik tafakkur sust rivojlanadi. Shu nuqtayi nazardan, vizualizatsiya texnologiyalari matematika ta’limida muhim metodik vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada chizma, jadval, sxema, diagramma, grafik, geometrik model, interaktiv dastur va raqamli platformalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning masalani anglash darajasini oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Author Biographies

  • Hamrayeva Dilyanora Xayrimlayevna

    Xalqaro Nordic universiteti

    Pedagogika yo`nalishi 1-kurs magistranti

  • Adilova Dilorom Nurillayevna

    Ilmiy rahbar: P.f.f.d., (PhD)

References

Published

2026-06-22