TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKT VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI INTEGRATSIYASINING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Keywords:
sun’iy intellekt, raqamli ta’lim, ta’limni raqamlashtirish, axborot texnologiyalari, adaptiv ta’lim, pedagogik innovatsiya, elektron ta’lim, ta’lim analitikasi.Abstract
Mazkur maqolada ta’lim tizimini raqamlashtirish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalari hamda zamonaviy axborot texnologiyalarining integratsiyasi natijasida vujudga kelayotgan pedagogik imkoniyatlar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida raqamli ta’lim muhitining shakllanishi, sun’iy intellekt asosidagi ta’lim platformalarining funksional imkoniyatlari, adaptiv o‘qitish mexanizmlari hamda o‘quv jarayonini individuallashtirish masalalari o‘rganildi. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim sifatini oshirish, bilimlarni baholashni avtomatlashtirish va ta’lim resurslaridan samarali foydalanishdagi ahamiyati yoritildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalarining uyg‘unlashuvi ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning mustaqil faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va pedagogik boshqaruvni takomillashtirish imkonini beradi.