MATO TUZILISHI PARAMETRLARINI HISOBLASH USULLARINI TAHLIL QILISH

Authors

  • Xalilova Dildora Jaxongirovna Author
  • Abdullayeva Maftunaxon Bahodir qizi Author

Keywords:

sanoat, mahsulotlar, ip, xomashyo, fizik-mexanik, gigiyenik xususiyatlar, texnologik xususiyatlar, zichlik, to‘qima tuzilishi, texnik talablar, to‘quv dastgohi, arqoq, asos, mato, o‘rish.

Abstract

Mazkur maqolada mato tuzilishi parametrlarini hisoblash usullari tahlil qilinib, mavjud yondashuvlarning afzallik va kamchiliklari ko‘rib chiqilgan. To‘quv jarayonida arqoq va asos iplarining o‘zaro ta’sirini turli omillar ta’sirida o‘rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, to‘quv texnologiyasini optimallashtirishga yordam beradi. Maqolada geometrik metodlarning cheklovlari ko‘rsatilgan va iplarning fizik-mexanik xususiyatlarini inobatga oluvchi yangi nazariy metodlar ishlab chiqish zarurligi asoslangan. Shuningdek, mato shakllanishi jarayonining eng faol bosqichi bo‘lgan arqoq ipining o‘rish jarayoni yakunlanganidan keyin ham mato tuzilishining o‘zgarishi davom etishi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada egiluvchan iplarning nochiziqli mexanikasi asosida mato shakllanishi va tuzilishining nazariyasini rivojlantirish hamda uni amaliy masalalarni hal qilishga tatbiq etish taklif etilgan.

Author Biographies

  • Xalilova Dildora Jaxongirovna

    Fargʻona davlat texnika universiteti, “Yengil sanoat muhandisligi” kafedrasi tayanch doktoranti

  • Abdullayeva Maftunaxon Bahodir qizi

    Farg'ona davlar texnika universiteti

    Yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti 108-23 guruh talabasi

References

Published

2026-06-21