QAYROQQUM MADANIYATI VA UNING ARXEOLOGIK MAJMUOLAINING XARAKTERISTIKASI
Keywords:
Qayroqqum madaniyati, Farg‘ona, qabr o‘g‘rilari, Loy o‘choqlar, Eylaton, Chust madaniyati, Tozabog‘yob madaniyati, Sug‘d ortida yashovchi saklar.Abstract
Ushbu maqolada Farg’ona vodiysining arxeologik madaniyatlariga nazar tashlangan, ko’pchilik qadimshunos olimlar buni vodiyning geografik holatini sabab qilib ko’rsatishadi. Ya’ni vodiyda tog’larning mavjudligi, ulardan boshlanuvchi daryolarning aholi uchun dehqonchilik qilishda muhim ahamiyat kasb etganligi va shu sababdan o‘troq hayot shakllanib, o‘ziga xos sivilizatsiya yuzaga kelganligini kuzatishimiz mumkin. Bronza davri ko‘chmanchi madaniyat vakillarining bir qismi Qadimgi Farg‘ona vodiysi hududlariga ko‘chib o‘rnashib, xo‘jalik an’analarini davom ettirib, bu yerda o‘zlarining madaniyatlarini rivojlantiradilar. Qayroqqum madaniyati ko‘chmanchi chorvador jamoalarning madaniyati hisoblanib, qadimgi Farg‘ona vodiysi hududidagi muhim va o‘ziga xos bo‘lgan madaniyat sifatida qayd etiladi. Qayroqqum madaniyati yodgorliklari bir nechta bo‘lib, ular, asosan, Farg‘ona vodiysining g‘arbiy hamda janubiy adirlik qismida joylashgan. Yodgorliklar asosan bir nechta qabrlardan iborat, mozor-qo‘rg‘onlar sanaladi. Ularning ko‘pi o‘z vaqtida “qabr o‘g‘rilari” tomonidan o‘g‘irlangan.