YANGI O‘ZBEKISTON — TA’LIMDA YANGI DAVR: ISLOHOTLAR, YUTUQLAR VA KELAJAK VAZIFALARI
Keywords:
Yangi O‘zbekiston, ta’lim islohotlari, “O‘zbekiston-2030”, raqamli ta’lim, inson kapitali[2] oliy ta’lim, pedagog kadrlar, ta’lim sifati, inklyuziv ta’lim.Abstract
Maqolada Yangi O‘zbekiston strategiyasi doirasida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va kelgusidagi vazifalar tahlil qilinadi. “O‘zbekiston-2030”[1] strategiyasida belgilangan maqsadlar asosida maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’lim qamrovining keskin o‘sishi, raqamlashtirish jarayonlari, pedagog kadrlar mavqeining yaxshilanishi kabi ijobiy natijalar ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, ta’lim sifati, mintaqaviy tafovutlar, pedagog kadrlar malakasi va infratuzilma bilan bog‘liq dolzarb muammolar ochib berilgan. Muallif ta’limni raqamlashtirish, xalqaro tajribani moslashtirish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, natijaga yo‘naltirilgan moliyalashtirish va yoshlarda mustaqil fikrlashni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bergan.
Maqola ta’lim sohasini rivojlantirish orqali mamlakatning inson kapitalini yuksaltirish va barqaror iqtisodiy taraqqiyotga erishishning muhim jihatlarini yoritadi.