SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI OʻSTIRISHNING TEXNOLOGIYASI
Keywords:
sun’iy intellekt, maktabgacha ta’lim, raqamli pedagogika, nutq oʻstirish texnologiyasi, muloqot ko‘nikmasi, integrativ yondashuv, lugʻat boyligi, interaktiv oʻyin faoliyati, xalq ogʻzaki ijodi, oila va ta’lim muassasasi hamkorligi, nutq diagnostikasi, shaxsiylashtirilgan ta’lim.Abstract
Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy raqamli transformatsiya sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy kompetensiyalari va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini tatbiq etishning pedagogik-psixologik mexanizmlari, integrativ asoslari hamda metodik tizimi har tomonlama keng qamrovli tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutq o‘stirish jarayoniga raqamli intellektual tizimlarni olib kirish, neyrotarmoqlar va nutqni aniqlash algoritmlari vositasida bolalarning individual lug‘at boyligini oshirish, talaffuz nuqsonlarini korreksiyalash hamda milliy qadriyatlar, xalq ogʻzaki ijodi durdonalari va ertaklarni ushbu platformalarga integratsiya qilish samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.