MAYMUNJON MEVALARINING KIMYOVIY TARKIBI VA INSON SALOMATLIGIDAGI AHAMIYATI

Authors

  • Valiyeva Shoira Abdivositovna Author
  • Raxmatova Feruza Erkin qizi Author

Keywords:

maymunjon, Rubus caesius, vitaminlar, antioksidantlar, flavonoidlar, antosianlar, biologik faol moddalar, inson salomatligi, immunitet, polifenollar.

Abstract

Ushbu maqolada maymunjon (Rubus caesius L.) mevalarining kimyoviy tarkibi, biologik faol moddalari va inson salomatligidagi ahamiyati yoritilgan. Maymunjon mevalari vitaminlar, minerallar, organik kislotalar, flavonoidlar, antosianlar va antioksidantlarga boyligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ushbu meva organizmning immun tizimini mustahkamlash, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirish, ovqat hazm qilish jarayonlarini yaxshilash hamda erkin radikallar ta’siridan himoyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada maymunjon tarkibidagi C vitamini, temir, kaliy va polifenollarning biologik roli ilmiy ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotda maymunjondan foydalanishning afzalliklari misollar orqali yoritilgan. Olingan ma’lumotlar maymunjon mevalarining nafaqat oziq-ovqat mahsuloti, balki funksional va profilaktik ahamiyatga ega tabiiy manba ekanligini ko‘rsatadi.

Author Biographies

  • Valiyeva Shoira Abdivositovna

    Toshkent davlat agrar universiteti
    Mevachilik va uzumchilik kafedrasi

    katta o‘qituvchisi q.x.f.f.d.

  • Raxmatova Feruza Erkin qizi

    Toshkent davlat agrar universiteti
    Meva-sabzavotchilik va uzumchilik yo‘nalishi
    24-50-guruh talabasi
    feruzaraxmatova51@gmail.com

References

Published

2026-06-17