KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNING TURLARI
Keywords:
tadbirkorlik, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, savdo faoliyati, innovatsion tadbirkorlik, oilaviy biznes, iqtisodiy rivojlanish, bandlik, bozor iqtisodiyoti.Abstract
Ushbu maqolada kichik biznes va tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi o‘rni, ularning asosiy turlari hamda rivojlanish istiqbollari yoritilgan. Kichik biznes mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining muhim omillaridan biri bo‘lib, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va bozor iqtisodiyoti munosabatlarini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Maqolada ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, savdo, innovatsion va oilaviy tadbirkorlik kabi turlar tavsiflangan. Shuningdek, kichik biznes subyektlarining afzalliklari, ularning moslashuvchanligi, raqobatbardoshligi va iqtisodiy samaradorligi tahlil qilingan. O‘zbekistonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jadallashtirish, aholi bandligini ta’minlash hamda mamlakatning eksport salohiyatini oshirishda muhim omil hisoblanadi.