TARKIBIDA ALKOGOL BO`LMAGAN ICHIMLIKLARNING SIFAT EKSPERTIZASI
Keywords:
o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, behi va klubnika,kupaj, sharbatlar va rezavor meva sharbatlari, sifat,oliy va birinchi navlar, ekstrakt.Abstract
Alkogolsiz ichimliklarga mineral suvlar, meva-rezavor va sabzavot sharbatlari, ekstraktlar, siroplar va gazlashtirilgan ichimliklar kiradi.
Mineral suvlar kelib chiqishiga qarab tabiiy va sun’iy suvlarga bo‘linadi. Shuningdek, ularni shartli ravishda oshxonabop va davolash maqsadlarida ishlatiladigan mineral suvlar deb ham guruhlarga ajratish mumkin.
Meva, meva-rezavor mevalar va sabzavotlar sharbatlari esa sarxil meva va sabzavotlarni qayta ishlash natijasida olingan ichimliklar hisoblanadi. Sharbatlar tindirilgan, ya’ni tiniq sharbatlarga va meva eti bilan chiqariladigan etli sharbatlarga bo‘linadi. Masalan, olcha, olma, anorlardan tiniq sharbatlar olinsa, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, behi va klubnika mevalaridan etli sharbatlar ishlab chiqariladi.