ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI ASOSIDA MATEMATIKANI O‘QITISH METODIKASI
Keywords:
elektron ta’lim resurslari, matematika, raqamli ta’lim, multimedia, GeoGebra, onlayn platformalar, interfaol metodlar, matematik kompetensiya, innovatsion ta’lim.Abstract
Mazkur maqolada elektron ta’lim resurslari asosida matematikani o‘qitishning zamonaviy metodikasi, uning pedagogik imkoniyatlari va ta’lim samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot davomida elektron darsliklar, virtual laboratoriyalar, multimedia vositalari, matematik dasturlar va onlayn platformalardan foydalanishning o‘quvchilarning bilim darajasi hamda mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilindi. Shuningdek, elektron ta’lim resurslari yordamida matematik tushunchalarni vizuallashtirish, mustaqil ta’limni tashkil etish va individual yondashuvni amalga oshirish masalalari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari elektron ta’lim resurslari asosida tashkil etilgan darslarning an’anaviy ta’limga nisbatan yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi.