HAMSHIRALIK KASBINING ZAMONAVIY TIBBIYOTDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI
Keywords:
Hamshiralik kasbi, zamonaviy tibbiyot, sog‘liqni saqlash tizimi, bemor parvarishi, profilaktika, reabilitatsiya, tibbiy statistika, raqamli tibbiyot, tibbiy xizmat sifati.Abstract
Ushbu maqolada hamshiralik kasbining zamonaviy tibbiyot tizimidagi o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida hamshiraning bemor parvarishi, profilaktikasi, reabilitatsiya va favqulodda vaziyatlardagi ishtiroki yoritiladi. Shuningdek, soha bo‘yicha statistik ma‘lumotlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada hamshiralik kasbining sog‘liqni saqlash tizimidagi strategik ahamiyati asoslab beriladi. Zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimi murakkab va ko‘p bosqichli tuzilishga ega bo‘lib, unda turli yo‘nalishdagi mutaxassislar faoliyat yuritadi. Bu tizimning ajralmas va eng muhim bo‘ginlaridan biri hamshiralik kasbidir.Hamshira nafaqat shifokor ko‘rsatmalarini bajaruvchi mutaxassis, balki bemor bilan bevosita va uzluksiz ishlovchi, parvarish, kuzatuv, profilaktika va reabilitatsiya jarayonini amalga oshiruvchi tibbiyot xodimidir.Mazkur maqolaning maqsadi - hamshiralik kasbining zamonaviy tibbiyotdagi o‘rni va ahamiyatini ilmiy jihatdan asoslash, uning asosiy vazifalari, statistik ko‘rsatkichlar, mavjud muammolari va rivojlanish istiqbolini tahqil qilishdir.Maqolada zamonaviy tibbiyot sharoitida hamshiralik faoliyatining kengayib borayotgani, raqamli texnologiyalarni amaliyotda joriy etish zarurati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari hamshiralik kasbining sog‘liqni saqlash tizimidagi strategik ahamiyatini tasdiqlaydi va kelgusida ushbu yo‘nalishni rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi.