MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHILARINI INKLYUZIV FAOLIYATGA TAYYORLASHDA SUN’IY INTELLEKT VA INTERAKTIV RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Keywords:
maktabgacha ta’lim, tarbiyachilar malakasini oshirish, inklyuziv faoliyat, sun’iy intellekt, interaktiv texnologiyalar, VR-simulyatorlar, neyropedagogika, adaptiv metodika, inklyuziv kompetentlik.Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarini inklyuziv ta’lim faoliyatiga tayyorlash va ularning kasbiy kompetentligini oshirishda sun’iy intellekt (SI) hamda interaktiv raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik-nazariy tizimi tahlil qilingan. Tadqiqotda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda tarbiyachilar duch keladigan metodik to‘siqlar hamda ularni innovatsion raqamli trenajyorlar, neyrotarmoq asistentlari va virtual simulyatsiyalar vositasida bartaraf etish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, tarbiyachilarning inklyuziv-raqamli madaniyatini shakllantirish, neyropedagogik tahlil o‘tkazish va moslashuvchan ta’lim muhitini modellashtirishning yaxlit pedagogik modeli taklif etilgan.