RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA IMKONIYATI CHEKLANGAN O‘QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Rahmatova Mahliyo Saidmurod qizi Author

Keywords:

raqamli ta’lim muhiti, imkoniyati cheklangan o‘quvchilar, kasbga yo‘naltirish, pedagogik-psixologik tizim, inklyuziv raqamli platformalar, kompensator imkoniyatlar, kasbiy trayektoriya, psixologik reabilitatsiya, raqamli mehnat bozori.

Abstract

Ushbu maqolada globallashuv va raqamlashtirish sharoitida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan hamda imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni professional o‘zlikni anglash jarayonlarini raqamli texnologiyalar vositasida takomillashtirishning pedagogik va psixologik asoslari tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida an’anaviy kasbga yo‘naltirish tizimidagi kamchiliklar hamda ularni zamonaviy raqamli platformalar, intellektual diagnostika dasturlari va adaptiv texnologiyalar yordamida bartaraf etish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning individual psixofizik xususiyatlariga mos keluvchi masofaviy va raqamli kasbiy trayektoriyalarini loyihalash, ularning emotsional-irodaviy sohasini psixologik korreksiyalash hamda oila, ta’lim muassasasi va raqamli mehnat bozori o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlovchi pedagogik-psixologik model kompleks shaklda asoslab berilgan.

Author Biography

  • Rahmatova Mahliyo Saidmurod qizi

    Xalqaro Nordik universiteti

    pedagogika yo‘nalishi. 1-kurs magistranti

References

Published

2026-06-12