ELEKTR ENERGETIKA TIZIMLARIDA REAKTIV QUVVATNI KOMPENSATSIYALASHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Authors

  • Bazarov Shoxrux Atabekovich Author

Keywords:

reaktiv quvvat, kompensatsiya, kondensator qurilmasi, aktiv quvvat yo‘qotishlari, elektr ta’minoti tizimi, quvvat koeffitsienti, energiya samaradorligi.

Abstract

Mazkur maqolada elektr energetika tizimlarida reaktiv quvvatni kompensatsiyalashning nazariy asoslari hamda uning elektr ta’minoti tizimlari samaradorligiga ta’siri o‘rganilgan. Reaktiv quvvatning hosil bo‘lish mexanizmlari elektromagnit maydon nazariyasi va o‘zgaruvchan tok zanjirlarining asosiy qonunlari nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Sanoat korxonalari elektr tarmoqlarida reaktiv quvvat oqimlarining ortishi natijasida yuzaga keladigan aktiv energiya yo‘qotishlari, kuchlanish pasayishi va elektr uskunalarining ortiqcha yuklanishi kabi muammolar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot davomida reaktiv quvvatni kompensatsiyalash qurilmalarini qo‘llash elektr tarmoqlarining o‘tkazish qobiliyatini oshirishi, aktiv quvvat yo‘qotishlarini kamaytirishi va kuchlanish rejimini barqarorlashtirishi aniqlangan. Shuningdek, kompensatsiya qurilmalarini joriy etish bilan elektr ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish variantlarining iqtisodiy jihatlari taqqoslangan. Olingan natijalar reaktiv quvvatni mahalliy kompensatsiyalash sanoat korxonalarida energiya tejamkorligini ta’minlashning samarali usullaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.

Author Biography

  • Bazarov Shoxrux Atabekovich
    Navoiy davlay konchilik va texnologiyalar universiteti, “Konchilik elektr mexanikasi” katta o‘qituvchisi

     

References

Published

2026-06-11