GIDROTOZALASH JARAYONIDA QO‘LLANILADIGAN ZAMONAVIY KATALIZATORLAR VA ULARNING EVOLYUTSIYASI
Keywords:
gidrotozalash, gidrogenoliz, katalizator, oltingugurtsizlantirish, vodorod, neft fraksiyalari, ekologik yoqilg‘i, BET usuli, oktan soni, motor yoqilg‘ilari.Abstract
Ushbu maqolada motor yoqilg‘ilarini, xususan avtomobil benzinlarini ekologik talablar darajasida ishlab chiqarishda gidrotozalash jarayonining ahamiyati yoritilgan. Gidrotozalash jarayonida oltingugurt, azot va kislorod saqlovchi birikmalar vodorod ishtirokida katalizatorlar yordamida tozalanadi hamda zararli komponentlar H₂S ga aylantiriladi. Sanoatda keng qo‘llaniladigan Al–Co–Mo va Al–Ni–Mo katalizatorlari, ularning ishlash sharoitlari va samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, katalizatorlarni sintez qilish usullari hamda BET usuli orqali ularning g‘ovak tuzilmasini aniqlash prinsipi qisqacha yoritilgan. Tadqiqot gidrotozalash jarayonlarini takomillashtirish va ekologik toza yoqilg‘i olishda zamonaviy katalizatorlarning muhim rolini ko‘rsatadi.