XITOY YOSHLARI NUTQIDA JARGONIZMLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI
Keywords:
jargon, yoshlar jargoni, jargonizm, lingvokultura, lingvokulturologiya, xitoy tili, madaniyatlararo kommunikatsiya.Abstract
Maqolada xitoy yoshlari nutqida qo‘llanadigan jargonizmlar lingvokulturologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Jargon milliy tilning substandart qatlami sifatida faqat norasmiy ifoda vositasi emas, balki muayyan ijtimoiy guruh, yosh avlod, shahar madaniyati, internet muloqoti va milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi madaniy belgi sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda yoshlar jargoni shakllanishining tarixiy, ijtimoiy va kommunikativ omillari, ingliz tilidan kirib kelgan o‘zlashmalar, internet diskursi ta’siri hamda “yuz” konsepti bilan bog‘liq birliklarning semantik-pragmatik xususiyatlari yoritiladi. Maqolada jargonizmlarni lingvokulturologik birlik sifatida o‘rganish xitoy tilini o‘qitish, tarjima amaliyoti va madaniyatlararo muloqot uchun muhim nazariy-amaliy ahamiyatga ega ekani asoslanadi.