XITOY INTERNET JARGONIDA LISONIY INNOVATSIYALAR VA ULARNING IJTIMOIY TARMOQLARDAGI QO‘LLANILISHI
Keywords:
xitoy internet jargoni, internet tili, lisoniy innovatsiya, ijtimoiy tarmoqlar, raqamli madaniyat, onlayn identitet, pragmatika, neologizm.Abstract
Maqolada xitoy internet jargoni va raqamli madaniyatning zamonaviy kommunikatsiyadagi o‘rni tahlil qilinadi. Xitoy internet tilining shakllanish manbalari, leksik, sintaktik va semantik innovatsiyalari, ijtimoiy tarmoqlardagi funksional-pragmatik vazifalari hamda uning sotsiomadaniy oqibatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari xitoy internet jargonining qisqalik, ijodkorlik, identifikatsiya, guruhiy birdamlik va bahoviylik kabi xususiyatlar bilan ajralib turishini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada “996.ICU”, “装逼”, “狗粮”, “小鲜肉”, “打卡” kabi birliklar misolida internet jargonining ijtimoiy tanqid, kinoya, stereotip yaratish va onlayn identitetni qurish vositasi sifatidagi roli izohlanadi. Xulosa qismida raqamli tilning imkoniyatlari bilan birga standart til, axborot xavfsizligi, senzura va avlodlararo nutq tafovutlari bilan bog‘liq muammolar ham ko‘rsatib beriladi.