MAVJUD TRANSPORT VOSITALARINING ICHKI YONUV DVIGATELLARINI TA’MINLASH TIZIMINI ISHLASH JARAYONINI TAHLIL QILISH

Authors

  • Solijonov Yahyobek Shuxratjon o‘g‘li Author
  • D. Ergashev Author

Keywords:

ichki yonuv dvigateli, ta’minlash tizimi, karbyurator, injektor, yonilg‘i nasosi, forsunka, elektron boshqaruv bloki, yonilg‘i sarfi, diagnostika, ekologik ko‘rsatkichlar.

Abstract

Mazkur maqolada mavjud transport vositalarida qo‘llanilayotgan ichki yonuv dvigatellarining ta’minlash tizimlari va ularning ishlash jarayonlari tahlil qilingan. Zamonaviy avtomobillarda yonilg‘i-havo aralashmasini tayyorlash va silindrlarga uzatish jarayonining samaradorligi dvigatelning quvvati, yoqilg‘i tejamkorligi hamda ekologik ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida karbyuratorli, monoinjektorli va taqsimlangan elektron purkash tizimlarining konstruktiv xususiyatlari hamda ishlash prinsiplari o‘rganildi. Shuningdek, ta’minlash tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning dvigatel ishiga ta’siri va diagnostika usullari tahlil qilindi. Olingan natijalar zamonaviy elektron boshqaruvli yonilg‘i ta’minlash tizimlari dvigatelning texnik-iqtisodiy va ekologik ko‘rsatkichlarini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Author Biographies

  • Solijonov Yahyobek Shuxratjon o‘g‘li

    Andijon davlat texnika instituti,
    “Transport vositalari muhandisligi” yonalishi

    4-bosqich K37-22 guruh talabasi

  • D. Ergashev

    Ilmiy rahbar

References

Published

2026-06-11