FARG‘ONA TUMANIDA MAXSUS TRANSPORT VOSITALARIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH KORXONASINI TEXNOLOGIK LOYIHALASH
Keywords:
maxsus transport vositalari, texnik xizmat ko‘rsatish, texnologik loyihalash, diagnostika, joriy ta’mirlash, servis korxonasi, ishlab chiqarish maydoni, texnologik post, samaradorlik, avtomatlashtirishAbstract
Mazkur maqolada Farg‘ona tumanida maxsus transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish korxonasini texnologik loyihalash masalalari o‘rganilgan. Kommunal xo‘jalik, yong‘in o‘chirish, tez yordam, yo‘l qurilishi va boshqa maxsus transport vositalarining soni ortib borayotgan sharoitda ularga sifatli va o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi, texnologik postlarni joylashtirish, zamonaviy diagnostika vositalaridan foydalanish, texnologik jarayonlarni tashkil etish hamda ishlab chiqarish quvvatidan samarali foydalanish masalalari tahlil qilindi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish muddatlarini qisqartirish, mehnat unumdorligini oshirish va korxonaning iqtisodiy samaradorligini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Olingan natijalar maxsus transport vositalarining texnik tayyorgarlik koeffitsiyentini oshirish va ularning ishonchli ishlashini ta’minlashda zamonaviy servis korxonalarining ahamiyati yuqori ekanligini ko‘rsatdi. (Ziyo)