XO‘JAOBOD TUMANIDAGI TRANSPORT UYUSHMALARI UCHUN AVTOMOBILLARNING KUNLIK QAROV VA DIAGNOSTIKA ISHLARI TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH
Keywords:
kunlik qarov, diagnostika, transport uyushmasi, texnik xizmat ko‘rsatish, avtomobil, texnologik jarayon, texnik tayyorgarlik, nosozlik, diagnostika uskunalari, samaradorlik.Abstract
Mazkur maqolada Xo‘jaobod tumanidagi transport uyushmalarida ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobillar uchun kunlik qarov va diagnostika ishlari texnologiyasini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Avtotransport vositalarining texnik tayyorgarlik koeffitsiyentini yuqori darajada saqlash, nosozliklarni erta aniqlash hamda ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirishda kunlik qarov va diagnostika ishlari muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot davomida avtomobillarning kunlik texnik ko‘rigi, asosiy tizimlarini diagnostika qilish, zamonaviy diagnostika vositalaridan foydalanish va texnologik jarayonlarni tashkil etish masalalari tahlil qilindi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Olingan natijalar transport uyushmalarida zamonaviy diagnostika usullarini qo‘llash avtomobillarning texnik holatini yaxshilash va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishini ko‘rsatdi.