BULOQBOSHI–FARG‘ONA AVTOMOBIL YO‘LIDA AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH SERVISINING TEXNOLOGIK HISOBI

Authors

  • Rahmonov Muxammadro‘zi Xursanboy o‘g‘li Author
  • A.A.Sattarov Author

Keywords:

texnologik hisob, texnik xizmat ko‘rsatish, servis korxonasi, ishlab chiqarish dasturi, texnologik post, ish hajmi, diagnostika, joriy ta’mirlash, mehnat unumdorligi, rentabellik.

Abstract

Mazkur maqolada Buloqboshi–Farg‘ona avtomobil yo‘lida harakatlanuvchi transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish servisining texnologik hisobi va uni tashkil etish masalalari o‘rganilgan. Transport oqimining ortib borishi, avtomobillarning murakkab konstruksiyaga ega bo‘lishi hamda yo‘llarda transport vositalarining uzluksiz harakatini ta’minlash zarurati zamonaviy servis korxonalarini tashkil etishni talab etmoqda. Tadqiqot davomida xizmat ko‘rsatish dasturi, yillik ish hajmi, ishlab chiqarish ishchilari soni, texnologik postlar soni va ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash masalalari tahlil qilindi. Shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va xizmat ko‘rsatish muddatlarini qisqartirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Olingan natijalar avtomobil yo‘llari bo‘yida zamonaviy servis korxonalarini tashkil etish transport vositalarining texnik tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. (Ziyo)

Author Biographies

  • Rahmonov Muxammadro‘zi Xursanboy o‘g‘li

    Andijon davlat texnika instituti,
    “Transport vositalari muhandisligi” yonalishi

    4-bosqich K37-22 guruh talabasi

  • A.A.Sattarov

    Ilmiy rahbar

References

Published

2026-06-11