QUVA TUMANIDA YILIGA 700 TA ZAMONAVIY YENGIL AVTOMOBILLAR UCHUN TEXNIK XIZMAT KO‘RSATUVCHI KORXONANING TEXNOLOGIK HISOBI
Keywords:
texnologik hisob, yengil avtomobillar, texnik xizmat ko‘rsatish, servis korxonasi, ishlab chiqarish dasturi, diagnostika, texnologik post, ish hajmi, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish maydoni.Abstract
Mazkur maqolada Quva tumanida yiliga 700 ta zamonaviy yengil avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan servis korxonasining texnologik hisobi masalalari o‘rganilgan. Zamonaviy avtomobillarning ekspluatatsion murakkabligi, ularga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan talabning ortishi yangi avtoservis korxonalarini tashkil etishni taqozo etmoqda. Tadqiqot davomida korxonaning ishlab chiqarish dasturi, yillik mehnat hajmi, ishlab chiqarish ishchilari soni, texnologik postlar soni, ishlab chiqarish maydonlari va texnologik jihozlarni tanlash masalalari tahlil qilindi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Olingan natijalar kichik quvvatli zamonaviy servis korxonalari avtomobillarning texnik tayyorgarlik darajasini oshirish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. (КиберЛенинка)