XORAZM–TOSHKENT MAGISTRAL YO‘LIDA AVTOMOBILLAR UCHUN ZAMONAVIY AVTOUSTAXONA LOYIHALASH

Authors

  • Abdullayev Sadulla Xamrobek o‘g‘li Author
  • A.A. Muzaffarov Author

Keywords:

avtoustaxona, magistral yo‘l, texnik xizmat ko‘rsatish, diagnostika, texnologik post, servis korxonasi, avtomatlashtirish, ishlab chiqarish maydoni, samaradorlik, rentabellik.

Abstract

Mazkur maqolada Xorazm–Toshkent magistral yo‘li bo‘ylab harakatlanuvchi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy avtoustaxonani loyihalash masalalari o‘rganilgan. Avtomobil transporti oqimining ortib borishi, zamonaviy avtomobillarning murakkablashib borayotgan konstruksiyasi hamda xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligiga bo‘lgan talablarning oshishi servis korxonalarini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Tadqiqot davomida texnologik postlarni oqilona joylashtirish, zamonaviy diagnostika uskunalaridan foydalanish, ishlab chiqarish maydonlarini rejalashtirish, mehnatni tashkil etish hamda raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish masalalari tahlil qilindi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish muddatlarini qisqartirish, ishlab chiqarish quvvatidan samarali foydalanish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Olingan natijalar magistral yo‘l hududida tashkil etilgan zamonaviy avtoustaxona avtomobillarning ishonchliligini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va transport infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Author Biographies

  • Abdullayev Sadulla Xamrobek o‘g‘li

    Andijon davlat texnika instituti,
    “Transport vositalari muhandisligi” yonalishi

    4-bosqich K37-22 guruh talabasi

  • A.A. Muzaffarov

    Ilmiy rahbar

References

Published

2026-06-11