2-SINF TASVIRIY SAN’AT DARSLIGI ASOSIDA OʻQUVCHILARNING IJODIY TASAVVURINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN TOPSHIRIQ VA MASHQLARNING ILMIY-DIDAKTIK TAHLILI
Keywords:
Ijodiy tasavvur, tasviriy san’at, 2-sinf, didaktik topshiriqlar, pedagogik metodika, obrazli fikrlash, interfaol metodlar, ko‘rgazmali vositalar, o‘quvchilar rivoji.Abstract
Mazkur maqolada 2-sinf tasviriy san’at darsligi asosida o‘quvchilarning ijodiy tasavvurini rivojlantirishga qaratilgan topshiriq va mashqlarning ilmiy-didaktik tahlili yoritilgan. Tadqiqotda darslikdagi topshiriqlarning mazmuni, tuzilishi va ularning o‘quvchilar ijodiy fikrlashiga ta’siri tahlil qilindi. Tasviriy san’at darslarida qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlar, ko‘rgazmali vositalar va interfaol metodlarning ahamiyati asoslab berildi. Maqolada topshiriq va mashqlarni to‘g‘ri tashkil etish o‘quvchilarning obrazli fikrlashi, tasavvuri va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishi ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari shuni tasdiqladiki, tizimli va maqsadga yo‘naltirilgan metodik yondashuv o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshiradi hamda ularning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.