MATEMATIKA DARSLARIDA REAL-HAYOTIY MASALALAR VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA DARSLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI
Keywords:
matematika ta’limi, real hayotiy masalalar, raqamli texnologiyalar, matematik savodxonlik, innovatsion metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, interaktiv ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv, GeoGebra, STEM.Abstract
Mazkur maqolada matematika darslarini real hayotiy masalalar va raqamli texnologiyalar asosida tashkil etishning ilmiy-metodik asoslari yoritilgan. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning matematik savodxonligini rivojlantirish, fan va kundalik hayot o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, real hayotiy vaziyatlarga asoslangan topshiriqlar, interaktiv platformalar va raqamli vositalarning matematika ta’limi sifatiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari matematika darslarida innovatsion yondashuvlardan foydalanish o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalari hamda o‘quv motivatsiyasini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.