MUSIQA TA’LIMIDA INTERFAOL YONDASHUVLAR ASOSIDA O‘QUVCHILARNING MOTIVATSIYASI VA BILIM O‘ZLASHTIRISH DINAMIKASI
Keywords:
musiqa ta’limi, interfaol yondashuvlar, motivatsiya, bilim o‘zlashtirish, pedagogik texnologiyalar, o‘quv faolligi, musiqiy kompetensiya, ijodkorlik, innovatsion ta’lim, ta’lim samaradorligi.Abstract
Mazkur maqolada musiqa ta’limida interfaol yondashuvlardan foydalanishning o‘quvchilarning motivatsiyasi va bilimlarni o‘zlashtirish dinamikasiga ta’siri ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Interfaol metodlarning o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda musiqiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, musiqa darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning ichki motivatsiyasi kuchayishi, fanga bo‘lgan qiziqishi ortishi va bilimlarni o‘zlashtirish samaradorligi yaxshilanishi masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari interfaol yondashuvlar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning o‘quv faoliyatidagi faolligi va natijadorligini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.