GLABALLASHUV SHAROITIDA TINCHLIK VA BARQARORLIKKA TAXDID SOLUVCHI: MILLIY, MAFKURAVIY VA AXBOROT XURUJLARINI BARTARAF ETISHNING ZAMONAVIY MEXANIZM VA TEXNOLOGIYALARI
Keywords:
dunyo mamlakatlari, o 'zaro ta 'sir, globallashuv, ijtimoiy hodisa, integratsiya, xorijiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, zamonaviy kommunikatsiya, axborot texnologiyalari, ilm-fan, ekologik ofatlar.Abstract
XXI asr boshlariga kelib, dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to‘liq himoyalanib olgan birorta ham davlat yo‘q deb to‘la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan o‘zaro turishga intilayotgan, ularga a’zo bo‘lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda еmas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta’siriga ko‘proq uchrab qolishmoqda. Bunday g‘ayri ixtiyoriy ta’sir esa ko‘pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Bugun jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan globallashuv har bir davlat, xalq, millat, yoxud insoniyat ma’naviyatida yangicha ma’no-mazmun kasb etmoqda. Jamiyat rivojida «har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Lekin mana shunday yutuqlar bilan birgalikda globallashuv ayrim xalqlarning milliy g‘oyasi, mafkurasi, e’tiqodi va o‘tmish merosiga ham ma’naviy tahdid solayotganligini unutmasligimiz lozim.