RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA AMALIYOT JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
raqamli transformatsiya, avtomatlashtirish, amaliyot jarayoni, axborot tizimi, raqamli texnologiyalar, ta’lim tizimi, elektron boshqaruv, innovatsion texnologiyalar.Abstract
Raqamli transformatsiya zamonaviy jamiyat va iqtisodiyotning barcha sohalariga chuqur kirib bormoqda. Ta’lim tizimi ham ushbu jarayonlardan chetda qolmay, o‘quv faoliyatini boshqarish, nazorat qilish va tahlil qilishda raqamli texnologiyalardan keng foydalanmoqda. Talabalar amaliyotini tashkil etish va boshqarish jarayonlari ham raqamli transformatsiya ta’sirida yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. An’anaviy boshqaruv usullari ko‘plab vaqt talab qilishi, inson omiliga bog‘liq xatoliklarning mavjudligi va ma’lumotlarning tarqoq holda saqlanishi bilan tavsiflanadi. Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida amaliyot jarayonlarini avtomatlashtirish istiqbollari, zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlari va ularni amaliyot boshqaruv tizimlariga joriy etishning afzalliklari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari avtomatlashtirilgan tizimlar amaliyot samaradorligini oshirish, boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish va ta’lim sifatini yaxshilashga xizmat qilishini ko‘rsatadi.