AMALIYOT JOYLARINI TAVSIYA ETISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Authors

  • Ismoilov Sherzodbek Author
  • Dehqonov Tavakkal Author

Keywords:

sun’iy intellekt, amaliyot joylari, tavsiya tizimi, mashinaviy o‘qitish, raqamli ta’lim, avtomatlashtirish, talaba profili, ma’lumotlar tahlili.

Abstract

Amaliyot joylarini talabalarga to‘g‘ri tavsiya etish zamonaviy ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda amaliyot bazalarini tanlash va talabalar o‘rtasida taqsimlash jarayonlari ko‘plab oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy usullar asosida amalga oshirilmoqda. Bu esa talabaning qiziqishi, bilim darajasi, kasbiy ko‘nikmalari va kelajakdagi faoliyat yo‘nalishini to‘liq hisobga olish imkonini bermaydi. Natijada ayrim talabalar mutaxassisligiga mos kelmaydigan tashkilotlarga yuborilishi yoki amaliyot samaradorligi kutilgan darajada bo‘lmasligi mumkin. Ushbu muammoni bartaraf etishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Sun’iy intellekt asosidagi tavsiya tizimlari katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, talabalar profillarini o‘rganish va mavjud amaliyot bazalari imkoniyatlarini baholash orqali eng maqbul variantlarni aniqlash imkonini beradi. Ushbu maqolada amaliyot joylarini tavsiya etishda sun’iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanilishi, ularning afzalliklari va ta’lim tizimidagi ahamiyati tahlil qilinadi.

Author Biographies

  • Ismoilov Sherzodbek

    Andijon davlat texnika instituti 4- bosqich talabasi

  • Dehqonov Tavakkal

    (Andijon davlat texnika instituti o’qituvchisi)

    Email:  sherzodbekismoilov69@gmail.com    Tel: +998908948961

References

Published

2026-06-09