METALLURGIYA ISHCHILARINING SOMATIK HOLATI VA ASAB TIZIMI TIPLARI: TIBBIY-PSIXOLOGIK QONUNIYATLAR
Keywords:
metallurgiya ishchilari, somatik holat, asab tizimi tiplari, tibbiy-psixologik qonuniyatlar, psixofiziologik moslashuv, kasbiy stress, vegetativ muvozanat, biomarkerlar.Abstract
Ushbu maqolada metallurgiya sanoati xodimlarining somatik ko‘rsatkichlari bilan asab tizimi tipologik xususiyatlari o‘rtasidagi tibbiy-psixologik bog‘liqlik kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda yuqori harorat, shovqin va kimyoviy omillar ta’sirida ishlovchi 118 nafar mutaxassisning psixofiziologik profili va klinik holati monitoring qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kuchli-muvozanatli asab tizimiga ega xodimlarda (54%) somatik tizimlar stress sharoitida barqaror funktsionallikni saqlab qolgan, zaif va muvozanatsiz tipdagi ishchilarda (46%) esa yurak-qon tomir, endokrin va immun ko‘rsatkichlarda progressiv dekompenatsiya kuzatilgan. Tibbiy-psixologik qonuniyatlar asosida kasbiy seleksiya, individual reabilitatsiya va dinamik psixofiziologik monitoring tizimini joriy etish bo‘yicha amaliy yondashuvlar ishlab chiqilgan.