“CHANOQ VA ERKIN OYOQ ARTERIYALARI EMBRIONAL TARAQQIYOTI, POSTNATAL OʻRGARISHLARI”
Keywords:
Embrional ontogenez, chanoq arteriyalari, erkin pastki oyoq tomirlari, postnatal remodelling, gemodinamika, elastik tolalar, anatomik variantlar.Abstract
Ushbu ilmiy maqolada chanoq sohasi va erkin pastki oyoq arteriyalarining embrional rivojlanish bosqichlari, prenatal davrdagi yetakchi magistral tomirlar va ularning regressiyasi hamda postnatal hayotdagi tizimli oʻzgarishlari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot davomida birlamchi a. ischiadica (orqa oʻq arteriyasi) va uning oʻrnini egallovchi a. femoralis (oldingi tizim) oʻrtasidagi ontogenetik almashinuv mexanizmlari, chanoq ichki va tashqi arteriyalarining shakllanish qonuniyatlari yoritilgan. Shuningdek, tugʻilishdan keyingi davrda gemodinamik yuklamaning oʻzgarishi, arterial devorlarning gistologik va biofizik moslashuvi (remodelling) hamda yoshga doir involution jarayonlar morfologik jihatdan asoslab berilgan. Maqola tarkibida uchraydigan tugʻma anatomik variantlar va ularning jarrohlik amaliyotidagi ahamiyati ham muhokama qilinadi.