VIRUSLI ENSEFALIT
Keywords:
Virusli ensefalit, Markaziy asab tizimi, Gerpes simplex virusi, Enteroviruslar, Arboviruslar, Neyroinfeksiya, Diagnostika, Polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR), Magnit-rezonans tomografiya (MRT), Antiviral terapiyaAbstract
Ushbu maqolada virusli ensefalitning etiologiyasi, epidemiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi va davolash usullari yoritilgan. Virusli ensefalit markaziy asab tizimining yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, turli viruslar, jumladan gerpes simplex virusi, enteroviruslar va arboviruslar tomonidan chaqiriladi. Kasallik bosh og‘rig‘i, isitma, ongning buzilishi, tutqanoq va nevrologik nuqsonlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Maqolada zamonaviy laborator va instrumental diagnostika usullari, xususan, polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR), magnit-rezonans tomografiya (MRT) hamda serebrospinal suyuqlik tahlilining ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, antiviral terapiya, simptomatik davolash va profilaktik choralarning samaradorligi tahlil qilingan. Virusli ensefalitni erta aniqlash va o‘z vaqtida davolash og‘ir asoratlar hamda o‘lim holatlarining oldini olishda muhim omil hisoblanadi.